FVV ogohlantiradi:
4-8 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV delegatsiyasi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Mintaqaviy ilmiy-texnik kengash yig‘ilishida ishtirok etdi

2019 yilning 5-6 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi FVV delegatsiyasi Qozog‘istonning Olmata shahrida o‘tkazilgan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Mintaqaviy ilmiy-texnik kengashning dastlabki  yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbir, Mintaqaviy ilmiy-texnik kengash faoliyatining tashkiliy masalalarini muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.

Mintaqaviy ilmiy-texnik kengash Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining maslahatlashuv yig‘ilishi – Mintaqaviy Forumi doirasida Mintaqaviy Forumning ekspert-maslahatlashuv tuzilmasi sifatida tashkil etilgan. Mintaqaviy ilmiy-texnik kengash a’zoligiga Markaziy Osiyo davlatlaridan tabiiy ofatlar hamda favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish sohasida faoliyat yuritayotgan ilmiy mutaxassislar kiritilgan. Mintaqaviy ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, tabiiy ofaatlar hamda favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish yo‘nalishida mintaqaviy ilmiy-texnik va ta’limga oid dasturlarni rejalashtirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish Mintaqaviy ilmiy-texnik kengashning asosiy vazifasi sifatida belgilangan.

Yig‘ilish kun tartibida Mintaqaviy ilmiy-texnik kengash faoliyatining tashkiliy masalalari muhokama etildi, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech