Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi FVV delegatsiyasi Hindistonda ShHTga a’zo davlatlar bilan o‘tkazilayotgan qidiruv-qutqaruv o‘quv mashqlarida ishtrok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi FVV delegatsiyasi 2019 yilning 4-7 noyabr kunlari Hindiston (Nyu-Deli shahri)da o‘tkazilayotgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining o‘ninchi yig‘ilishi doirasida zilzila vaqtida shahar sharoitida qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish borasidagi o‘quv mashqida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Hindiston va Pokiston vakillari ishtirok etayotgan mashg‘ulotlar doirasida xalqaro yordamni qabul qilish, muvofiqlashtirish va ulardan unumli foydalanishning boshqaruv mexanizmlari ishlab chiqiladi.

Mashqlar INSARAK (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro qidiruv va qutqaruv guruhi) ning umumiy metodologiyasiga muvofiq 4 ta harakat: tayyorlik, safarbarlik, operatsiya va demobilizatsiya, real vaqt rejimidagi harakat bosqichlarida ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech