Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi FVV delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi uch tomonlama hay’at yig‘ilishida qatnashish uchun jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Qo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 4 aprel kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Tojikiston Hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan birinchi uch tomonlama hay’at yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida jo‘nab ketdi.

Mazkur tadbirda uch davlat chegara hududlarida aholini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlaridan muhofaza qilish masalalari muhokama qilinadi va kelgusidagi hamkorliklar belgilab olinadi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech