Kecha Qirg‘iziston poytaxtida uchta O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalarining favqulodda vaziyatlar yo‘nalishidagi ekspertlarining qo‘shma majlisni tayyorlash bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar protokol loyihasini muhokama qildilar, bugun 5 aprel kuni loyiha delegatsiyalar rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va imzolanadi.
Takidlash joizki qo‘shma tadbir aholi va hududlarni transchegaraviy favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan.