Bugun, 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev FVV harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini bayram munosabati bilan qizg‘in qutladi.
Tadbir doirasida bir guruh harbiy xizmatchilar va xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq ta'sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishonlari hamda ofitserlarga nabatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida tantanali tadbir o‘tkazildi
- Qo'shildi: 06.12.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 730