Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi

Ushbu hujjat tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini yumshatishda favqulodda vaziyatlar idoralarining o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar va amaliy harakatlarni o‘z ichiga oladi.

Bunda transchegaraviy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasidagi ishlarga alohida urg‘u berilmoqda.

Xususan, Shartnomada:

xavfli texnogen va ekologik jarayonlar, tabiiy hodisalarni tadqiq va monitoring qilish;

tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning monitoringi va prognozi bo‘yicha muntazam ravishda axborot almashish;

aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, jumladan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda tegishli davlat organlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;

tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish;

o‘zaro hamkorlikda rejalashtirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy-texnik adabiyotlar va tadqiqot natijalari bilan o‘zaro almashish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida axborot, davriy nashrlar, uslubiy va boshqa adabiyotlar, video va fotomateriallar, shuningdek, texnologiyalar bilan o‘zaro almashish kabi vazifalar belgilangan.

Albatta, mazkur Hukumatlararo bitim nazarda tutilgan ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning ko‘p qirrali va o‘zaro yaqin hamkorligini mustahkamlab, hududlarni barcha turdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech