Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 18-23 C iliq bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga SHARH

Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini tashkil etadigan ayollar ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 514 nafar fan doktori, 6 nafar akademik, 15 nafar O‘zbekiston Qahramoni, 17 nafar senator, 15 nafar Qonunchilik palatasi deputati borligi, shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini hamda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 foizini aynan ayollar tashkil etishini alohida ta’kidlash lozim. 

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Biroq ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida mavjud kamchilik va muammolar atroflicha tahlil qilingan. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qo‘mita faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining yangilangan tuzilmalari tasdiqlandi.

Farmon bilan 2018 yil 1 apreldan fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga har bir fuqarolar yig‘inida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida esa 2 tadan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi.

Oilaviy qadriyatlar va an’analar yo‘nalishida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish maqsadida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o‘rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish bilan bir qatorda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasi hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targ‘ib etish va jamiyatga singdirish “Oila” markazining asosiy vazifalari qatoridan joy oldi. 

Shu bilan birga, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Oila” markazining mas’uliyatini yanada oshirish, vakolatlari doirasini aniq belgilab olish maqsadida qo‘mita hamda markaz, ularning hududiy bo‘linmalari rahbariyatining xotin-qizlar va oila masalalarini hal etishdagi shaxsiy javobgarlik chegaralari belgilab qo‘yildi. 

Farmonga binoan 2018 yil 1 apreldan boshlab FHDYO organlari ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi. Oila va xotin-qizlar masalalarida tizimli hamkorlikni ta’minlash maqsadida FHDYO organi, “Oila” markazining tuman (shahar) bo‘limi hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklatildi. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Tadbirkor ayol” uyushmasining oila va xotin-qizlar masalalariga oid faolligini e’tirof etgan holda, Farmonda Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Ta’kidlash joizki, ushbu jamoat fondining asosiy vazifasi og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslariga ko‘maklashish hisoblanadi.

Farmonda ko‘zda tutilgan yana bir muhim masalalardan biri bu oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tuzilmalarida “ayollar maslahatxonalari”ni tashkil etish bo‘lib, bu maslahatxonalar bevosita joylarda o‘smir qizlar va fertil yoshidagi ayollarga zarur maslahatlarni beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF–2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga berilgan edi. 

Endilikda yangi Farmonga muvofiq, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorlarga berish belgilandi va yosh chegarasining uzaytirilgani ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport sohalarida yutuqlarga erishgan hamda ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan olima qizlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. 

Farmonda belgilangan yangi tartibga muvofiq, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. 

Ayol – ulug‘, ayol – mo‘‘tabar. Farmonga muvofiq jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladigan “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularga imtiyozli uylardan ajratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 1207 nafar ayolga arzon uy-joylar ajratildi. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Farmon bilan Vazirlar Mahkamasiga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish va berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatildi. 

Farmonda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni amaliyotda tatbiq etishni ta’minlashga qaratilgan 5 ta bo‘lim va 56 ta banddan iborat “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.

Qabul qilingan Farmon xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, ularning oila va jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlashga, salohiyatini to‘la namoyon etishiga, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. 

O'xshash yangiliklar

Muzeyga sayohat

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodimlari Navoiy viloyati davlat tarixi va madaniyat muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog'ida harbiylar muzey bo'limlari va tarixiy eksponatlar b…

Davra suhbati o‘tkazildi

2018 yil 4 oktyabrda Toshkentdagi Poytaxt biznes-markazida Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan Rivojlanish strategiyasi markazi koma…

Maxsus xabarnoma

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil29 sentyabr kuni soat 21:25da olingan malumotga asosan, joriy yilning 28 sentyabr kuni viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 na…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech