Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida tantanali tadbir o‘tkazildi

Bugun sana munosabati bilan joylarda harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini davlat mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mana shunday tantanali tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Favqulodda vaziyatlar vaziri v. b. general-leytenant T. Xudaybergenov FVV harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini bayram bilan qizg‘in qutladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan harbiy xizmatchi va xizmatchilarning medallari o‘z egalariga berildi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi” esdalik nishonlari hamda ofiserlarga nabatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech