Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi № 225-F sonli Farmoyish tasliqlandi

Mazkur farmoyishda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan bartaraf etish va ogohlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining aviatsiyasidan foydalanish masalalari belgilab olindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining aviatsiyasi quyidagi masalalar bo‘yicha jalb etiladi:

O‘zbekiston Respublikasining tog‘ va tog‘oldi hududlarni aerovizual kuzatish, gidrometeorolgik vaziyatlarning rivojlanish dinamikasini tekshirish, geologik va boshqa omillarni, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni kuzatish;

  • favqulodda vaziyatlar hududiga qutqaruv xizmatining kuch va vositalarini tashish;
  • favqulodda vaziyatlar hududida kuzatuv ishlarini olib borish;
  • qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish;
  • favqulodda vaziyatlar hududidan jabrlarganlarni evakuatsiya qilish;
  • favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududga insonparvarlik yuklarini yetkazish;

 

Shundan kelib chiqib mazkur farmoyish ijrosini bajarish maqsadida joriy yilning mart oyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet, Davlat gelologiya qo‘mitasining Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati, Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda Pskem, Oygaing, Oxangaron, Oqbulok, Chodak, To‘palang, Sangardak Qamchiq dovoni kabi hududlardagi suv havzalarida ilk bor aerovizual kuzatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur kuzatuv ishlaridan ko‘zlangan maqsad: baland tog‘lardagi qor ko‘chishi, Pskem, Oygaing, Oxangaron, Oqbulok, Chodak, To‘palang, Sangardak hamda Qamchiq dovonida mavjud suv havzalaridagi qor qatlamining holatlarini aniqlash, shuningdek, Qamchiq dovonidagi qor ko‘chish xavfi mavjud hududda parvozni amalga oshirishdan iborat.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech