Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy izoh

Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh O‘ktom qishlog‘idagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Xabarda aytilishicha, yong‘inni bartaraf etish chog‘ida qirg‘iz chegarachilari Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati hududidan oqib o‘tuvchi kanal suvidan foydalanishga bizning yong‘in-qutqaruv guruhiga ruxsat bergan. Mazkur vaziyatda bu eng samarali yechim edi, chunki suv manbai voqea joyidan 150 metr uzoqlikda joylashgan.

Ma’lumot uchun shuni ta’kidlaymizki, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegaraviy tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi reglament mavjud. Ushbu hujjatga ko'ra, tomonlar bunday vaziyatlarda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

 

 

 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech