Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirlari 2018 yil uchun tadbirlar rejasini imzolashdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S.Jeenbekovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida 2017 yilning 13 dekabr kuni “Ko‘ksaroy” saroyida O‘zbekiston Respublikasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida 2018 yilda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlar rejasi imzolandi.

Tadbirlar rejasini O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev va Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri K.Boronovlar imzolashdi.

Imzolangan tadbirlar rejasi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholining ushbu xavflarga tayyorgarligini oshirish, qutqaruvchilarni tayyorlash, hamkorlikda o‘quv mashqlarini o‘tkazish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida tajriba almashish kabi amaliy tadbirlardan iborat.

Davlatlarimiz barqarorligi va halqlarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech