Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

O‘zbeksiton Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati havo haroratning keskin ko‘tarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etadi

TOSHKENT, 28 iyul - O‘zbeksiton Respublikasi FVV Matbuot xizmati.

“Joriy yilning 28 iyul kuni Telegram, shuningdek bir qator axborot saytlarida Go‘yoki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarqatgan ma’lumot deya   Respublika hududlarida yaqin kunlarda havo xaroratining keskin ko‘tarilib ketishi to‘g‘risida ma’lumot tarqatilgan”.

O‘zbeksiton Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yaqin kunlarda havo xaroratining keskin ko‘tarilib ketishi to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etadi.

Biz O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi Respublika hududida haroratning keskin ko‘tarilishi to‘g‘risidagi ma'lumot bermaganligini ma'lum qilamiz.

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra 3 avgustga qadar Respublika hududida kechasi 17-22 kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘lishi kutiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarning ma’muriyati hamda foydalanuvchilariga O‘zbeksiton Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridan aniq va ishonchli ma’lumotlarni olishingiz mumkinligini bildiramiz.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech