Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida I Toshkent Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi yakunlandi

 Joriy yilning 2-4 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Tashkent Book fest-2019” I Toshkent Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va xizmatchilari ham faol ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, jahon noshirlik sanoati tajribasini o‘rganish, axborot-kutubxona muassasalari, kitob va mutolaa masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘rtasida xalqaro munosabatlarni o‘rnatishdan iborat.

Qayd etish joiz, ko‘rgazma-yarmarkada 16 mamlakatdan noshirlik va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, shuningdek, yurtimiz nashriyotlari, bosma nashrlari va kitob do‘konlari ishtirok etishdi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech