Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Parkent tumanida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ma‘lumot

Bugun, 9-iyun kuni soat 09:55 da Toshkent viloyati Parkent tumani "Qayilma" MFY, A.Navoiy shox ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shohobchalarining birida "Nexia-1" rusumli avtomashinaga gaz quyish vaqtida unga o‘rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro‘y bergan. Natijada "Nexia-1" avtomobili va uning yaqinida bo‘lgan 2 ta "Damas" rusumli avtomashinalarga turli darajada zarar yetgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilot vakillari yetib borgan. Vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech