FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

“Paxta neft saqlash” MChJ omborxonasida kelib chiqqan yong‘in bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot

Avval xabar berganimizdek, bugun soat 11:31 da Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan “Paxta neft saqlash” MChJ omborxonasi hududidagi 5000 m.kub sig‘imli yoqilg‘i rezervuarida yong‘in kelib chiqqan. Ma'lum bo‘lishicha unda tahminan 120 tonna yengil alangalanuvchi suyuq yoqilg‘i bo‘lgan.

Mazkur holatni bartaraf etish uchun voqea joyiga FVVning 35 ta maxsus texnikasi hamda 130 nafar xodimlari  jalb etilgan. 

Yong‘in soat 14:19da o‘rab olinib, 18:15 to‘liq bartaraf etildi. 

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Energetika  vazirligi rahbariyati, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilgan. Ayni vaqtda, voqeaning kelib chiqish sababi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech