Bugun, 27-may kuni soat 15:25 larda A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni 250 kilometrida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “ISUZU” yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolishi natijasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va shu yo‘nalishda turgan “Kia”, “Damas” va 2 ta “Cobalt” avtomashinalariga urilib, ovqatlanish maskani hududidagi favvoraga borib tushgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan va uch nafar fuqaro tan jarohati bilan Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.