Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Orol dengizining qurigan tubini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbari Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Muloqot chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etishdagi qahramonona mehnati va yuksak natijalari uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xodimlariga minnatdorlik bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 2018-yildan buyon Orolqumda 1 million 524 ming gektar o‘rmonzor yaratilgan. Qayd etish kerakki, amalga oshirilayotgan ishlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech