FVV ogohlantiradi:
15 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22 C iliq bo'ladi.

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

“Kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi” doirasida joylarda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 952 marotaba reydlar o‘tkazilib, ularda 4885 ta ishlab chiqarish va 6244 ta ijtimoiy-maishiy obyektlar o‘rganib chiqildi. 71834 ta hovli va ko‘p qavatli uylardagi 14299 ta xonadonlarning gaz uskunalarining texnik holati tekshirildi.

O‘tkazilgan reydlarda 33 ta gazdan foydalanish qoidalarini buzish va qo‘lbola (nostandart) isitish vositalarini sotish holatlari aniqlandi.

Natijada, 751 dona qo‘lbola (nostandart) isitish vositalarini savdodan chiqarildi. Shuningdek, uy hayvonlarini saqlash qoidalarini buzganlar uchun 6,7 mln. so‘m jarima belgilandi.

2017 yilning 10 dekabr holatiga aholi o‘rtasida kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha 28144 marotaba suhbat va ma’ruzalar o‘tkazildi, 211452 dona eslatma va bukletlar tarqatildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech