Andijon viloyatining shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan xalq sayillari o‘tkaziladigan joylarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, ishchi guruhlar tuzilib, profilaktik hamda amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida bayram tantanalari o‘tkaziladigan joylarning muhandislik tizimlari, kommunikasiya tarmoqlari, attraksionlarning texnik mustahkamligi, hududlarning yong‘in xavfsizligi ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi va mutaxassislarga zarur tavsiyalar berildi.