FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Profilaktik tadbirlar Namangan viloyatida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishi asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari hamda Namangan viloyati FVB xodimlari Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbir davomida aholi yashash xonadonlarida gaz anjomlaridan xavfsiz foydalanish, isitish tizimi dudburonlarni sozligini tekshirish va tozalash ishlari, xonadonlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarning dudburonlari va gaz plitalari ham nazoratdan o‘tkazilib, nosozlari soz holga keltirildi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda shahargaz idorasi bilan birgalikda tayyorlangan 350 dan ortiq eslatma va yo‘riqnomalar fuqarolarga tarqatildi.

Bu boradagi tadbirlar respublika bo‘ylab o‘tkazilib kelinmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech