FVV Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi xodimlari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi korxona, tashkilotlar bilan birgalikda aholi xavfsizligini ta'minlash, inson hayoti va sog‘lig‘i hamda moddiy boyliklarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish maqsadida aholi yashash xonadonlari, tunda insonlar qoladigan ijtimoiy soha ob'ektlari va boshqa korxona, tashkilotlarda keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilib borilmoqda.
Shuningdek, tadbir davomida gaz taqsimlash qutilarida aniqlangan noqonuniy gaz so‘rgichlar mutaxasislar tomonidan olib tashlandi. Bu boradagi profilaktik tadbirlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.