FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Profilaktik tadbirlar Toshkent viloyatida

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan hududlarda keng qamrovli o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyatining Toshkent tumanida tashkil etildi. Dast avval sohaviy xizmatlar vakillar bilan seminar o‘tkazilib, unda ishchi guruhlar tuzildi va muhim vazifalar belgilab olindi. Shundan so‘ng ijtimoiy soha ob'ektlari va aholi xonadonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, insonlarning is gazidan zaharlansh hamda gaz va havo aralashmasining chaqnashi hodisalarning oldini olishga oid o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech