Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

PROFILAKTIK TADBIRLAR VA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI SIRDARYO VILOYATI MISOLIDA

     Xabaringiz bor,  joriy yilning 25 noyabrdan 25 dekabrga qadar mamlakatimizda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” e'lon qilingan.

    Ta'kidlash joizki, joylarda  oylik doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, kuni kecha  Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan profilaktik hamda o‘quv mashg‘uloti ayni mavzuga bag‘ishlandi. Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish,  sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha reyd va targ‘ibot ishlari tashkil etildi. Tadbir davomida aniqlangan kamchiliklar tegishli xizmatlarning mutaxassislari tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

     Shuningdek, Sirdaryo tuman hududida joylashlan  neft bazada maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda toifalangan ob'ektlarda  FVDTga kiruvchi tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlari amalda mustahkamlandi. Mutaxassislar tomonidan qatnashchilariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

       Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida  davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech