Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Profilaktik tadbirlari Qashqadaryoda

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tuman “Hududgazta’minot” vakillari bilan hamkorlikda tumandagi “Oqguzar” MFY hududida o‘rganish va targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirdi.

Unda mutaxassislar uyma-uy yurib, fuqarolarga kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishda gaz va elektr isitish moslamalari sozligiga e'tibor qaratish va dudburonlarni mavsum oldidan tozalash lozimligi hamda yoqilg‘i mahsulotlaridan xavfsiz foydalanish borasida zarur tavsiyalar berildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, soha xodimlari tumanidagi “Mehribonlik uyi” da ham bo‘lishib, tarbiyalanuvchilarga yong‘in, chaqnash va boshqa favqulodda vaziyatlar xususida batafsil ma'lumotlar berishdi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech