FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

“Profilaktika kuni” Jizzax viloyatida

Xabaringiz bor har charshanba “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni” etib belgilangan. Shu munosabati bilan Jizzax viloyati G‘allaorol va Arnasoy tumani FVB xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik tadbirlar tashkil etdilar.

Dastlab, G‘allaorol tuman FVB xodimlari, tuman gaz ta'minoti va elektr tarmoqlari korxonalari, yong‘inga qarshi kurash jamiyati xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan mahalladagi aholi turar joylarini faollar bilan birgalikda uyma-uy yurib 457 ta xonadonni tekshirib, 2070 nafar fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25 ta kamchilik aniqlanib, ularning 16 tasi shu joyning o‘zida bartaraf etildi. 3 ta nosoz isitish pechidan foydalanishga chek qo‘yildi, 12 ta nosoz mo‘rilar tozalanib, ishchi holatga keltirildi.

Tadbir davomida, shuningdek, veterinariya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda uy hayvonlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanadigan, yetishtiriladigan maskan va xonadonlarda nazorat-kuzatuv ishlari amalga oshirildi. Tekshiruvlar davomida kuydirgi, oqsil, quturish kabi yuqumli kasalliklarga qarshi chorva mollarini emlash ishlari olib borilib, fuqarolarga mazkur kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlari batafsil tushuntirildi.

Arnasoy tumanida esa Mudofaa ishlari va ichki ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda “Arnasoy” kasb-hunar maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikalari va anjomlari bilan yaqindan tanishib, ushbu sohaga oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar. Harbiylar bilan o‘tgan samimiy suhbat davomida esa yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Shuningdek, tadbirda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech