Profilaktika kuni munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot

2017 yilning 13 sentyabr Profilaktika kuni munosabati bilan Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining mutaxassislari, “Mahalla” fuqarolar yig‘inlari va hokimiyat vakillari bilan hamkorlikda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shuningdek, korxona, tashkilotlar va o‘quv muassasalarida jami 164 ta joyda 9 291 nafardan ortiq aholi bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, o`tkazilgan tadbirlarda 2408 ta mavzuga oid eslatma va bukletlar tarqatildi.

Matbuot xizmati