FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Profilaktika kuni munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan har haftaning chorshanba kunlari aholi orasida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

2017 yil 3 noyabr kuni 52 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi, 48 ta umumta’lim maktablari va 20 ta kollej o‘quvchilari, 11 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, 21 ta idora va tashkilotlar ishchi-xodimlari bilan “Ogohlik muqaddas burch”, “Terrorizm – insoniyat dushmani”, “Zooantroponoz kasalligini oldini olish”, “Zilzila sodir bo‘lganda aholi harakati”, “Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Yo‘l transport hodisalarini oldini olish”, “Yong‘inlarning kelib chiqishining oldini olish”,  “Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish”, “Favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda axborot berish tartibi”, “Ovqatdan zaharlanishlardan ehtiyot bo‘ling”, “Zararli termitlarga qarshi birgalikda kurashaylik”, “Quturish kasalligiga qarshi kurashish” va “Qirm-Kongo gemorragik isitma kasalligidan ehtiyot bo‘ling” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlarda jami 17374 nafar aholi ishtirok etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech