Profilaktika kuni munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan MA’LUMOT

2017 yilning 9  avgust Profilaktika kuni munosabati bilan Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining mutaxassislari, “Mahalla” fuqarolar yig‘inlari, o‘quv muassasalari o‘qituvchilari va hokimiyat vakillari bilan hamkorlikda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shuningdek, korxona va tashkilotlar, o‘quv muassasalarida jami 160 joyda 7045 nafardan ortiq aholi bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.

Shuningdek, 19 ta suv havzalarining taqiqlangan joylarida reydlar o`tkazilib, 313 nafar cho`milayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi va 40 ta cho`milishni taqiqlovchi belgilar o`rnatildi.

Bundan tashqari, o`tkazilgan tadbirlarda 1422 ta mavzuga oid eslatma va bukletlar tarqatildi.