FVV ogohlantiradi:
11 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Joylarda yomg'ir qor yog'ib,tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayadi. Harorat 8-13C iliq, shimolda 3-8C iliq buladi

Profilaktika tadbirlariga yangicha yondashuv

Barchamizga ma’lumki, har haftaning chorshanba kunlari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi tayyorgarligini oshirish hamda aholini bu borada faol ishtirokini ta’minlash belgilab qo’yilgan. Kuz-qish mavsumida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘plab profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, mazkur tadbirlarga yangicha yondashuvlar va noodatiy tashabbuskorliklarni kiritish kun sayin ortib bormoqda. 

Joriy yilning 13 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz tumanida joylashgan maktablarda o‘tkazlgan profilaktika tadbirlarini bunga misol qilishimiz mumkin.

Tadbir avvalgilaridan farq qilib, zamonaviy jihozlangan “Targ‘ibot mashinasi” yordamida profilaktik tidbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi, tabiiy gaz, is gazi hamda ovqatdan zaharlanishlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbir yakunida, soha mutaxassislari o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berishdi. Maktab o‘quvchilari bilan bo‘lgan suhbatlarda o‘quvchilarning favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.

Ta’kidlash  joizki, hududiy boshqarmalarga taqdim etilgan targ‘ibot mashinalari viloyat, shahar va tumanlarning olis va chekka hududlarida profilaktik tadbirlarni bekamu-ko‘st va qiziqarli tarzda amalga oshirish imkonini beribgina qolmay soha vakillarini mushkulini osonlashtirmoqda.

Surxandaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bu kabi profilaktik tadbirlar bilan chegaralanib qolmay, Termiz shahridagi barcha elektron monitorlarda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha videoroliklarni namoyish etishni ham yo‘lga qo‘ydilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech