Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

PROKUROR BILAN UCHRAShUV

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi harbiy xizmatchi va kursantlari o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va Qonun buzilishlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va kursantlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida, ko‘plab profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 16 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi “Ma'naviyatva ma'rifat markazi”da O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi harbiy xizmatchilari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni yanada mustahkamlash” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari, adliya polkovnigi Bahodir Xudoyberdiev hamda Toshkent harbiy prokurori, adliya polkovnigi Otabek Xolboev, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar ishtirok etdi.

Tadbir so‘zga chiqqanlar jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish davr talabi ekanligi hamda Qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda jamoatchilikning o‘rni muhim ekanligi, yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish lozimligini ta'kidladilar. Shuningdek, 2020 yilning 28 dekabr' kuni davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasida “...har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta'minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutishi, shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz” – deya ta'kidlagan g‘oyat muhim iboralarini alohida e'tirof etdilar.

Akademiya boshlig‘i general-polkovnik Qobul Berdiev o‘z nutqida, Akademiya harbiy xizmatchilarini xizmat intizomini buzish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning o‘tgan 2020 yil tahlili va qonunchilik buzilishlari bilan bog‘liq masalalarni yaqindan hamkorlikda hal etish hamda bu boradagi targ‘ibot – tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligini ta'kidladi.

Mazkur tadbir qatnashchilarda qonunchilikda olib borilayotgan islohotlar hamda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan fikr-mulohazalarga boy bo‘lganligi bilan katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida ma'ruzachilar tomonidan qonunchilik va huquqiy-normativ hujjatlarni yuritilishi, unga amal qilish, qonun buzilishini oldini olish hamda ijro intizomlari borasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga barafsil javoblar berildi. Shu bilan birga respublika va toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikdagi qonun buzilishini oldini olish, qonunchilikni yanada mustahkamlash borasidagi profilaktik kompleks tadbirlarni yanada kuchaytirish belgilab olindi.
Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizni harbiy sohadagi egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlari, umumharbiy nizom talablarini chuqur o‘rganib, unga qat'iy amal qilishlari, shuningdek, huquqiy savodxonligini yanada oshirish bugungi kunning talabidir.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech