FVV ogohlantiradi:
27 noyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir va qor yog'ishi mumkin. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari bo'yicha kechqurun yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 5*S sovuq – 2*S iliq, kunduzi 5-10*S iliq bo'ladi.

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

 Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Qarshi shahridagi 34-maktabning ko‘ngilli “Yosh qutqaruvchilar” guruhi a'zolari ishtirok etdilar.

 Unda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, filologiya fanlari doktori, professor Nasaf Shodmonov o‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz hamda mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligi haqida so‘z yuritdi. Hozirda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar yuzasidan ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Uchrashuvda yosh qutqaruvchilar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida qizg‘in she'riy mushoira tashkil qilindi.

 Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech