Joriy yilning 1-iyun kuni 4 nafar o‘smir yigitlar Samarqand shahar Qorasuv massividagi ko‘p qavatli uylarning biri derazasidan tushib ketayotgan qizchaning hayotini saqlab qolib, qahramonlik ko‘rsatishdi.
Yosh qutqaruvchilar Samarqand shahar 80-umumta’lim maktаbining 11- sinf bitiruvchilari Shohrux Boborahimov, Murod Saidaliyev, Ozodbek O‘tkirov va Jasur Eshnazarovlarning vaqtida tezkorlik bilan ko‘rsatgan yordamlari tufayli 4 yoshli Shukrona Sobirjonova bugun yaqinlari orasida.
Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Ismoilov yoshlar bilan uchrashib, Favqulodda vaziyatlar vazirining "Faxriy yorlig‘i" va minnatdorchiligini yetkazdi. Shuningdek, esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
O‘z navbatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu yoshlarga kelgusi o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tilab qoladi.