Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

"Qalblarga mehr ulashaylik"!

3-dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi "Qon topshir hayot inom et" shiori ostida viloyat qon quyish markazida boʻlishib, qon topshirdilar. Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida boshqarma rahbariyati boshchiligida xodimlar Termiz shahridagi imkoniyati cheklangan nogironlar xonadonida boʻlishib, ular holidan xabar olindi va sovgʻalar ulashildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech