Bugun, 4-iyun kuni soat taxminan 07:20 larda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Kattao‘ra” MFY “Kon” qishlog‘i hududi “Maydanak” va “Qiziltepa” yo‘nalishining 38 km.da harakatlanib ketayotgan “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraga ag‘darilib ketgan.
Natijada avtomashinada bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 3 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlar bilan Qamashi tumani shifoxonasiga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, tuman hokimi va tegishli tashkilot vakillari yetib borib, qutqaruv ishlarni amalga oshirgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.