Bugun 9 yanvar kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning
8 yanvar kuni “Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz:
A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida 2019 yilning 8 yanvar kuni qor yog‘ishi kuzatilgan va o‘rtacha harorat -4 gradusni tashkil etgan, yo‘lning qatnov qismida ikki tomonlama harakat amalga oshirilgan, qor uyumlari va muzlamalar shuningdek hech qanday tirbandliklar yuzaga kelmagan.
“O‘zgidromet” xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga asosan joriy yilning 10 yanvar kuni “Qamchiq” dovonida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi extimoli mavjud, 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -5 gradus sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Hurmatli haydovchilar harakatlanishdan oldin avtomashinangizni texnik sozligiga va mavsumiy avtoshinalardan foydalangan holda harakatlanishingizni tavsiya etamiz.
“Qamchiq” dovoni bo‘yicha ob-havo ma’lumotlarini https://www.fvv.uz hamda http://meteo.uz rasmiy saytlaridan olishingiz mumkin.