FVV ogohlantiradi:
18 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, respublika bo'yicha yomg'ir yog'ib, kechga yaqin kuchayadi, shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog'ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq – 2*S iliq bo'ladi.

“Qamchiq” dovonida 3 ta mashina xandakka tushib ketdi

Joriy yilning yil 25 dekabr kuni soat 1240 da “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent - Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Cobalt”, “Spark” hamda “Lacetti” rusumli avtomashinalar haydovchilari boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandakka tushib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushdi.

Mazkur hodisada xech kim tan jarohat olmagan. Voqea joyiga 11-nazorat guruhi qutqaruvchisi xizmatchi D.Sultonov va “Qamchiq” navbatchilik maskanidan kichik serjant Y.Maxmetov boshchiligida 5 nafar qutqaruvchilar “Kamaz” rusumli maxsus avtomashinada hamda “Sherobod” YPX xodimlari, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK maxsus texnikalari va xodimlari yetib bordilar. Qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalarining haydovchi va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilib, avtomashinalar xandakdan chiqarildi. Shundan so`ng, avtoevakuator yordamida “Sherobod” YPX maskanining jarima maydonchasiga olib ketilgan.  

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida, soat 1300 da yana bir yo‘l transport  hodisasi to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushadi. Unga ko‘ra, Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomabil yo‘lining 247 km.da “Toshkent - Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib kelayotgan “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK ga qarashli “MAN” rusumli KDM (tuz-qum sepadigan mashina) yuk avtomashinasining ortidan kelib urgan .

Buning natijasida, “Nexia” avtomashinasida 3 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jarhatini olishgan. Jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech