Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Qamchiq” dovonida daraxt ko‘chatlari bilan harakatlangan yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi: Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari o‘z vaqtida yordamga kelishdi

Hodisa bugun 12 mart kuni erta tongda “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil' yo‘lining 279-kilometrida sodir bo‘lgan. Farg‘ona viloyatiga daraxt ko‘chatlarini ortib harakatlangan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Haydovchi jiddiy jarohat olmagan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk avtomashina o‘nglashga yordam ko‘rsatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech