Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. Noqulay ob-havo sharoitida noxush hodisalarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida dovonda kompleks profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda. Yo‘l qordan tozalanyapti, muz hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida yo‘l yuzasiga qum-tuz aralashmasi sochilmoqda. Xohlovchilar uchun isinish punktlari ham mavjud.
Qamchiq dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kuchli qor yog‘ishi munosabati bilan profilaktika ishlarini olib bormoqda.
- Qo'shildi: 09.02.2023
- Chop etish
- Ko'rishlar: 1678