FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

“Qamchiq” dovonida geologik xavfli hudud bartaraf etildi

Joriy yilning 24-noyabr kuni FVV qutqaruvchilari Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xavfli hududdagi xavfni bartaraf etdi. “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 248-kilometrida qutqaruvchilar yo‘lga tushish xavfi bo‘lgan katta tosh massalarini sun'iy ravishda tushirish tadbirlarini amalga oshirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech