FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

“Qamchiq” dovonida Idoralararo tezkor Shtab yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 7 noyabr kuni A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni – Idoralararo tezkor Shtabning majlislar zalida mas’ul vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad – A-373 “Toshkent-O‘sh” avtmobil yo‘li va “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining “Qamchiq” dovonidan  o‘tgan qismida 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumida transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatini ta’minlash bo‘yicha vazirlik, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutaxassislarining “Qamchiq” dovonida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajaralishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

Xususan, “Qamchiq” Maxsus, qidiruv-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i X.Bobonov tadbir avvalida so‘zga chiqib, “Qamchiq” dovonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish va avtomobil hamda temir yo‘lda transport va yo‘lovchilarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, dovon hududida amalga oshirilgan muhandislik-himoya tadbirlarining bajarilishida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Yig‘ilish davomida soha mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech