FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

“Qamchiq” dovonida koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar jadallashtirilmoqda

“COVID-19” koronavirus infeksiyasining O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida, “Qamchiq” dovonida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil' yo‘lidagi “Chinor”, “Sherobod” Yo‘l-patrul' maskanlarida “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, “Qamchiqavtoo‘l” IYFUK xodimlari kecha-yu kunduz navbatchilik tashkil etib, dovoni orqali harakatlanuvchi transport vositalariga sanitar ishlov berish tadbirlarini olib bormoqdalar.
Shu bilan birga, mazkur tadbirlar “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining “Qo‘l”, “Orzu”, “Chodak”, “Kon” va “Temiryo‘lobod” stansiyalarida, “Qo‘qon” mintaqaviy temir yo‘l uzelining vokzal va stansiyalarida ham tashkil etilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech