FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3*S sovuq-2*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq -2*S iliq bo'ladi.

“Qamchiq” dovonida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

Tog‘larda qidiruv-qutqaruv ishlari, birinchi tibbiy yordam, dovondan o‘tishni tashkil etish: “Qamchiq” dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida qutqaruvchilar mukammal jismoniy tayyorgarlikni, tog‘ sharoitida to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech