FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

“QAMCHIQ” DOVONIDA O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

Kuni kecha, “Qamchiq” Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan “Qamchiq” dovonida shartli ravishda qor ko‘chkisida qolib ketgan fuqarolarni qutqarish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad – qutqaruvchilarning har qanday sharoitda ya'ni yog‘ingarchilik, shamol, momaqaldiroq, toshqinlar, ko‘chkilar, noqulay ob-havo sharoiti, sel, ko‘chki sodir bo‘lganda birlamchi kechiktirib bo‘lmaydigan qidiruv-qutqaruv tadbirlarini olib borishlarida ularning ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Shuningdek, mashg‘ulotda boshqarmaning kinologlari o‘zining qutqaruv itlari bilan faol ishtirok etib qor uyumi ostida qolgan insonlarni aniqlash bo‘yicha harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng, qutqaruvchilar jabrlanganlarga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatdilar. Alpinistik arqonlar yordamida tog‘ning pastki qismiga olib tushirib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirdilar.
Mashg‘ulot yakunida qutqaruvchilar tomonidan kutilgan natijaga erishilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlardan maqsad, qidiruv-qutqaruv tadbirlarini sifatli, tezkor o‘tkazib, jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech