Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Qamchiq” dovonida Press-tur tashkil etilmoqda

#ONLINE

Ayni vaqtda FVV tomonidan “Qamchiq” dovonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar borasida jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etilmoqda.

Tadbir davomida mehmonlar qutqaruv otryadi tomonidan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda qidiruv-qutqaruv ishlarida foydalaniladigan maxsus asbob-anjomlar, sovuq ob-havo sharoitida haydovchi va yo‘lovchilar uchun tashkil etilgan isinish maskanlari, texnikalar va qutqaruvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech