2019 yil 29-30 dekabr kunlari A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 -100 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 15-20 m gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.