Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili bilan bog‘liq YTX sodir bo‘ldi

Joriy yilning 17-yanvar kuni soat 16:55 da "Qamchiq" dovonidan o‘tgan "Toshkent-O‘sh"avtomobil yo‘lining 195 km. da “Vodiy - Toshkent” yo‘nalishda harakatlangan "HOWO" rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish oqibatida avtotransport vositasi yo‘l chetidagi kyuvetga tushib, yonboshlab qolgan.
Voqea joyiga zudlik bilan 2-mehanizatsiyalashgan nazorat-kuzatuv guruhidan 4 nafar qutqaruvchi, “Chinor” YPX maskani va “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK xodimlari yetib borib, hamkorlikda, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasini kyuvetdan chiqarib olishgan.
Avtomashinada haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan, hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan. Avtomashina yuksiz kelayotgan bo‘lgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech