FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

“Qamchiq” dovonining “Orzu” bekatida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 6 noyabr kuni “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining “Orzu” bekatida “Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda –xlorni atrof muhitga tarqalishi bilan bog‘liq avariyani chegaralash va bartaraf etish”  bo‘yicha ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqining asosiy maqsadi: temir yo‘li orqali kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni tashishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish hamda transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatlanishini ta’minlashda ob’ekt rahbarlari, Fuqaro muhofazasi tuzilmalari va Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi kuch-vositalarini hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ldi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqi uch bosqichda o‘tkazildi.

I-bosqichda “Orzu” temir yo‘l bekati hududida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan xizmatlar hamda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlari boshqaruv organlari, kuch-vositalarining “Yuqori tayyorgarlik” rejimiga o‘tkazish jarayoni amalda sinab ko‘rildi.

II-bosqichda kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlarda avariya-qutqaruv
va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar olib borildi.

III-bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va hayot faoliyatini ta’minlash tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘quv mashqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Maksam - Chirchiq” AJ va “Sanoat xavfsizligi” Davlat qo‘mitasining mas’ul mutaxassislarining
12 nafari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

O‘quv mashqi davomida hamkorlikdagi korxona va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va “Qamchiq” dovonida faoliyat olib boruvchi FVDT xizmatlarining hamkorligi yanada takomillashtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech