Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasida yangi yil bayram tadbiri

“Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilari oilasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, qolaversa harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilarning oila a’zolarini yangi 2020 yil bayrami bilan qutlash maqsadida, boshqarmaning ma’muriy binosida shaxsiy tarkibning oila a’zolari va farzandlari uchun yangi yil bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda, bolajonlarga “Olmaliq tog‘ – metallurgiya kombinati” tasarrufidagi madaniyat saroyining badiiy guruhi tomonidan ertak qaharamonlari ishtirokida sahnalashtirilgan miniatura namoyish etildi.

Bundan tashqari, bayram ishtirokchilariga qutqaruvchilar tomonidan qutqaruv ishlarida foydalaniladigan maxsus asbob-anjomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech