Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qaror ijrosi amalda

Mamlakatimiz aholisini tabiiy, texnogen hamda ekologik xususiyatdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yuzaga kelganda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish respublikamiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Ayni maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 754-sonli qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda mazkur qarorda belgilangan vazifalarni ta’minlash hamda uning mazmun mohiyatini soha xodimlariga yetkazish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalarida seminar tadbirlar tashkil etilmoqda.  

Jumladan, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasida tashkil etilgan tadbir shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda, boshqarma harbiy xizmatchilari, xizmatchilari va FVDqT mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Ta’kidlash joiz, seminar davomida hamkor tashkilotlar bilan kelgusida tadbirlar mazkur qonun talablariga kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini izchil oshirib borish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilandi.

Shuningdek tadbir so‘nggida, seminar doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish mavzusida tayyorlangan o‘quv-metodik va targ‘ibot materiallari  ishtirokchilarga tarqatildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech