Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan “Nasaf” avtomobil' bozori hududida FVV hududiy boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi tashkilot va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish hamda aholi punktlari, ijtimoiy-iqtisodiy ob'ektlarini elektr energiyasi, tabiiy (suyultirilgan) gaz va qattiq yoqilg‘i mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash tizimini tashkil etish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan o‘quv mashqining asosiy maqsadi, mavsumda aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda qattiq yoqilg‘i mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash tizimini tashkil etishda tegishli tashkilotlar hamda ularning kuch-vositalarini harakatini muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur o‘quv mashqi davomida, har bir soha vakillari tegishliligi bo‘yicha o‘z yo‘nalishidagi shartli avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish bilan bog‘liq vazifalarni amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tishdi.